locale OZ

Yaroslav Kestl Chexiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Kestl Chexiya terma jamoasini San-Marino va Gibraltarga qarshi o‘yinlarga tayyorlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yaroslav Kestl Chexiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
ФОТО: Getty images

Yaroslav Kestl Chexiya terma jamoasiga vaqtincha murabbiy etib tayinlandi, deb xabar beradi Chexiya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.

Kestl Chexiya terma jamoasini 13-noyabr kuni San-Marino bilan o‘rtoqlik o‘yiniga va 17-noyabr kuni Gibraltar bilan 2026-yilgi Jahon chempionati Yevropa saralashining so‘nggi uchrashuviga tayyorlaydi.

Ayni paytda Chexiya terma jamoasi 13 ochko bilan saralash L guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kestl avvalroq Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Ivan Gashekning murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Gashek ushbu lavozimda 2024-yilning yanvaridan beri ishlab kelmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting