Yarimhimoyachi Franko Mastantuono «Real Madrid»dan «Fiorentina»ga o‘tish sabablarini tushuntirdi
Yarimhimoyachi Franko Mastantuono "Real Madrid"dan "Fiorentina"ga o‘tish sabablarini tushuntirdi.
"Men "Fiorentina"da bo‘lganimdan juda xursandman. Menga chindan ham qiziqarli loyiha taqdim etildi. Bu mening faoliyatim uchun to‘g‘ri tanlov va men bunga erishganimdan xursandman", - deya Mastantuono.
"Menga ko‘plab takliflar bo‘lgan, ammo "Fiorentina"ning loyihasi meni boshqalardan ko‘ra ko‘proq hayratda qoldirdi. Men qarorimni rasmiy e’lon qilinishidan bir hafta oldin qabul qildim. Men o‘z nomimni bu klub tarixiga yozdirmoqchiman", - deya qo‘shimcha qildi u.
Mastantuono Madrid klubi tomonidan 2025 yil yozida taxminan 45 million yevroga "River Pleyt"dan sotib olingan. U o‘tgan mavsumda 35 ta o‘yinda 1484 daqiqa o‘ynadi (har bir o‘yinda o‘rtacha 42 daqiqa), uchta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.