locale OZ

Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sabab Ronaldu Saudiyani tark etdi

Futbolchi shaxsiy samolyotda uchib ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sabab Ronaldu Saudiyani tark etdi
ФОТО: Getty images

“An-Nasr” yarimhimoyachisi Krishtianu Ronaldu oilasi bilan zudlik bilan Saudiya Arabistonini tark etdi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi shaxsiy samolyotida uchib ketgan. Uning samolyoti parvozlarni kuzatish tizimida qayd etilgan va Madridga qo‘ngan.

Ronaldu Ar-Riyod shahrida rafiqasi Jorjina Rodriges hamda besh farzandi bilan yashab kelayotgandi. O‘tgan hafta oxirida shahar dron hujumlariga uchragani aytilmoqda. Bu holat Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat keskinlashgani bilan bog‘liq. Hujumlar davom etayotgani futbolchining mamlakatni tark etish qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli futbolchi ushbu mavsumda “An-Nasr” safida barcha musobaqalarda 22 ta bahsda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting