locale OZ

«Yaqin orada bugungidek hujumkor, tomoshabop o‘yin ko‘rmagandim» – Jahongir Ortiqxo‘jayev

Ortiqxo‘jayev «Dinamo»ga mardonavor o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yaqin orada bugungidek hujumkor, tomoshabop o‘yin ko‘rmagandim» – Jahongir Ortiqxo‘jayev
Фото: Динамо ПФК

«Paxtakor» – «Dinamo» (4:2) uchrashuvidagi jamoamizning alamli mag‘lubiyatidan so‘ng Toshkent klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev Samarqand klubi kiyinish xonasiga kelib, chiroyli va mardonavor futbol uchun «Dinamo» jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

«Yaqin orada bugungidek hujumkor, tomoshabop, chiroyli o‘yin ko‘rmagandim. Superliga aynan mana shunday chiroyli, hujumkor va tomoshabop o‘yinlar bilan muxlislarni o‘ziga tortadi. Yigitlar, bu – futbol, mag‘lubiyatga qaramay, «Dinamo»ning maydondagi haqiqiy mardonavor o‘yini va kurash uchun sizga, murabbiylarga rahmat!

Hali kubok finalida uchrashamizmi? Zo‘r o‘yin bo‘lardi. Mana shunday mardonavor, hujumkor o‘yin uchun sizlarga yana bir bor rahmat!» – dedi «Paxtakor» klubi raisi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting