locale OZ

Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi

F guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Yaponiya
1
Shvetsiya
1

Yaponiya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi, uchinchi turida Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yinda Daidzen Maeda (56-daqiqada) hisobni ochgan bo‘lsa, Entoni Elanga (62-daqiqada) muvozanatni tikladi.

Ushbu natija Yaponiya uchun ijobiy yakunlandi. Jamoa guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Guruh bahslari yakunlariga ko‘ra, Niderlandiya 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Yaponiya 5 ochko bilan ikkinchi, Shvetsiya 4 ochko bilan uchinchi, Tunis esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting