locale OZ

Yannik Sinner sovrinlar soni boʻyicha Karlos Alkarasni ortda qoldirdi

«Masters» turniridagi gʻalaba orqali italiyalik tennischi jahon reytingida birinchi oʻringa koʻtarilib oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Sinner sovrinlar soni boʻyicha Karlos Alkarasni ortda qoldirdi
FOTO: Getty Images

Italiyalik tennischi Yannik Sinner yakkalik bahslarida faoliyatidagi 27-sovrinni qo‘lga kiritdi. Bugun, 12 aprel kuni dunyoning ikkinchi raqamli raketa ustasi Monte-Karlo «Masters» turniri finalida Karlos Alkarasni 7:6 (7:5), 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Sinner sovrinlar soni bo‘yicha ispaniyalik raqibidan o‘zib ketdi — hozirda Alkaras hisobida 26 ta g‘alaba mavjud.

Bu Sinner uchun grunt qoplamali kortlarda qo‘lga kiritilgan ikkinchi chempionlik bo‘ldi (ilk muvaffaqiyat 2022 yili Umagdagi turnirda qayd etilgan). Monte-Karlodagi g‘alaba Yannikka Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini beradi. U Karlos Alkarasni peshqadamlikdan tushiradi.

Onlayn-reytingda italiyalik tennischi 13 400 ochko jamlagan bo‘lsa, ispaniyalik sportchi hisobida 13 240 ochko mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting