locale OZ

Yannik Sinner ketma-ket beshinchi bor «Masters» chempionligini qoʻlga kiritgan tarixdagi birinchi tennischiga aylandi

Italiyalik raketka ustasi Jokovich va Nadalning rekordini yangiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Sinner ketma-ket beshinchi bor «Masters» chempionligini qoʻlga kiritgan tarixdagi birinchi tennischiga aylandi
FOTO: Getty Images

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi, to‘rt karra «Katta dubulg‘a» turnirlari g‘olibi Yannik Sinner tarixiy natijani qayd etdi. Italiyalik tennischi ketma-ket beshinchi bor «Masters» seriyasiga kiruvchi turnirda g‘olib chiqib, afsonaviy Novak Jokovich va Rafael Nadalga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi. Avvalroq serbiyalik va ispaniyalik tennischilar ketma-ket to‘rttadan «Masters»da zafar quchishgan edi.

Sinnerning ushbu g‘alabali seriyasi 2025 yilgi mavsum oxirida Parijdagi turnirda boshlangan edi. Joriy yilda esa u «Quyoshli dubl» (Indian-Uells va Mayami) hamda Monte-Karlo turnirlarida tengsiz ekanini isbotladi.

Bugun, 3 may kuni italiyalik sportchi Madridda (Ispaniya) bo‘lib o‘tgan turnir finalida ham muvaffaqiyatini davom ettirdi. Hal qiluvchi bahsda u dunyoning uchinchi raqamli tennischisi, germaniyalik Aleksandr Zverevni bor-yo‘g‘i 58 daqiqa ichida 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Sinnerning bu g‘alabasi uni zamonaviy tennisning mutloq yetakchisiga aylantirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting