Yannik Sinner Atryur Fisni magʻlub etib, Madrid «Masters» yarimfinaliga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi, «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning to‘rt karra g‘olibi, italiyalik Yannik Sinner Madridda (Ispaniya) bo‘lib o‘tayotgan «Masters» turnirining finalchisiga aylandi. Yarimfinal bosqichida u dunyo reytingida 25-o‘rinni egallab turgan fransiyalik Artyur Fisni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuv 1 soat 25 daqiqa davom etdi. Bahs davomida Sinner to‘rt marta eyis (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochko keltiruvchi uzatma) qayd etdi, bir bor qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va oltita breyk-poyntdan uchtasini unumli amalga oshirdi. Artyur Fis esa o‘z hisobiga uchta eyis va ikkita qo‘shxato yozdirib qo‘ydi, biroq o‘yin davomida biron marta ham breyk-poyntga ega bo‘lmadi.
Endilikda Yannik Sinner Madrid turniri bosh sovrini uchun kechadigan bahsda Aleksandr Zverev (Germaniya) va Aleksandr Bloks (Belgiya) uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.