locale OZ

Yannik Sinner ATP reytingining kuchli yigirmataligiga kiruvchi sportchilar ustidan qozonilgan gʻalabalar sonini 100 taga yetkazdi

Italiyalik tennischi, shuningdek, yakkalik bahslarida faoliyatidagi 27-sovrinni qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Sinner ATP reytingining kuchli yigirmataligiga kiruvchi sportchilar ustidan qozonilgan gʻalabalar sonini 100 taga yetkazdi
FOTO: Getty Images

Italiya vakili Yannik Sinner Monte-Karlo «Masters» turniri g‘olibiga aylandi. U hal qiluvchi bahsda dunyoning birinchi raqamli raketa ustasi Karlos Alkarasni 7:6 (7:5), 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, italiyalik tennischi ATP reytingining kuchli yigirmataligiga (Top-20) kiruvchi sportchilar ustidan qozonilgan g‘alabalari sonini 100 taga yetkazib oldi.

Qayd etish joizki, Top-20 tennischilariga qarshi o‘tkazilgan bahslarda Sinner 100 ta g‘alaba va 47 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Shuningdek, ushbu muvaffaqiyat Sinner uchun yakkalik bahslaridagi faoliyatidagi 27-sovrin bo‘ldi. U sovrinlar soni bo‘yicha Alkarasdan (26 ta g‘alaba) o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Monte-Karlodagi g‘alaba Yannikka yana Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida peshqadamlikni qaytarib beradi. U Karlos Alkarasni birinchi pog‘onadan tushirib yuboradi. Onlayn-reytingda italiyalik tennischi hisobida 13 400 ochko mavjud bo‘lsa, ispaniyalik sportchi 13 240 ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting