Yangiyer shahrida «Guliston» klubi rahbariyati tashkiliy ishlar masalasida yig‘ilish o‘tkazdi
Bugun Yangiyer shahrida «Guliston» klubi rahbariyati tashkiliy ishlar masalasida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda «Guliston» futbol klubi prezidenti Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov, bosh direktor Jahongir Jiyamurodov, viloyat futbol assosiasisi vise-prezidenti Rustam Kadirov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov va Yangiyer shahri hokimligi mas’ullari qatnashdi.
Dastlab Yangiyer Markaziy stadioni holati ko‘zdan kechirildi. So‘ngra klub rahbari O‘zbekiston kubogi va birinchi liga o‘yinlari oldidan barcha tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilganlar bilan fikr almashdi. Muhim vazifalar belgilanib, kerakli topshiriqlar berildi.
«Guliston» futbol klubi bu yil O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek, Birinchi ligada qatnashadi. Uydagi o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash muhimligi ta’kidlandi.