locale OZ

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqoriladi

Fransiya esa reytingni boshqarmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqoriladi
Фото: ЎФА

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi FIFA milliy terma jamoalarning yangilagan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1465,34 ochko bilan avvalgi oyga nisbatan ikki pog‘ona yuqoriladi. Jamoa ayni vaqtda 50-o‘rinni egallagan.

Bu borada Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning eng kuchli besh jamoasi qatoridan joy olgan. Undan yuqori o‘rinlarda Yaponiya (1660,43), Eron (1615,30), Janubiy Koreya (1588,66) va Avstraliya (1580,67) qayd etilgan.

FIFA reytingini Fransiya milliy terma jamoasi boshqarmoqda. Ular yangilangan jadval bo'yicha Ispaniya va Argentinani ortda qoldirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting