Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona pastladi
Marokash va Senegal jadvalda ko‘tarildi.
Фото: ЎФА
Afrika Millatlar kubogi musobaqasidan so‘ng FIFA milliy terma jamoalar reytingi yangilandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1462,03 ochko bilan 52-o‘rinni egalladi. “Oq bo‘rilar” avvalgi oydagi o‘rniga nisbatan ikki pog‘ona pastladi.
Fabio Cannavaro boshchiligidagi jamoa yanvar oyida yig‘in o‘tkazmagani sababli jamg‘arilgan ochkolar sonida o‘zgarish kuzatilmadi.
Hozirda FIFA reytingida Ispaniya yetakchilik qilmoqda. Amaldagi Yevropa chempionlari hisobida 1877,18 ochko mavjud. Amaldagi Jahon chempioni Argentina 1873,33 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, kuchli uchlikni esa Fransiya (1870 ochko) yakunlab bermoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist