Yangi yil arafasidagi orzu ro‘yobga chiqdi
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Toyloq tuman hokimligi tomonidan yangi yil sovg‘alari topshirildi.
photo: UFA
Toyloq tumanidagi 15-IDUM uy ta’limi o‘quvchisi Umidjon Homidov Yangi yil arafasida Qorboboga yo‘llagan maktubida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev bilan uchrashishni orzu qilgan edi.
Bugun ushbu ezgu tilak ro‘yobga chiqdi. Umidjon Abbosbek Fayzullayev bilan ZOOM platformasi orqali muloqot qildi. Suhbat davomida milliy terma jamoa futbolchisi Umidjonga tezroq sog‘ayib ketishini, o‘qish hamda kelajakdagi maqsadlari yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Toyloq tuman hokimligi tomonidan yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor