locale OZ

Yangi Rim Papasi — Eldor Shomurodovning muxlisi

Futbol
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com

Papa Lev XIV haqiqiy futbol ishqibozi ekanligi maʼlum bo‘ldi: u "Roma"ni qo‘llab-quvvatlaydi, Eldor Shomurodovning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatadi va Fransisk mo‘jizalari haqida hazil qiladi. Yangi saylangan Rim Papasi — Robert Francis Prevost, Lev XIV ismini qabul qilgach, nafaqat maʼnaviy yetakchi, balki sport ixlosmandi ekanini ham ko‘rsatdi. Bu haqda Papani 40 yildan beri taniydigan otets Juzeppe Pagano maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pontifik anchadan beri Italiya "Roma" klubi muxlisi hisoblanadi.

«Men u bilan “Roma” — “Fiorentina” o‘yinidan keyin gaplashdim. U hazil aralash: “Roma g‘alabalari Fransisk vafotidan keyingi birinchi mo‘jizadir”, dedi», — deya aytdi Pagano italiyalik jurnalistlarga.

Fanatlar taʼkidlashicha, Papa o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovga alohida eʼtibor qaratishi mumkin. U joriy mavsumda "Roma" safida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va muxlislar orasida katta hurmat qozongan. Rasman izoh berilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik Shomurodov o‘zining kutilmagan, biroq nufuzli muxlislari — Rim Papasiga ega bo‘lganini istisno qilmayapti.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting