Yangi mish-mishlar: Paulo Bentu O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sifatida tilga olinmoqda
Championat.Asia nashri xabariga ko‘ra, portugalik murabbiy Paulo Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.
56 yoshli mutaxassis klub darajasida ma’lum natijalarga erishgan bo‘lsa-da, terma jamoalar bilan ishlashda katta muvaffaqiyatga erisha olmagan. Bentu boshchiligida Portugaliya Euro–2012 yarim finaligacha yetib borgan, biroq Janubiy Koreya va BAAda kutilgan natijalar qayd etilmadi.
So‘nggi vaqtlarda O‘FA nomi turli murabbiylar bilan bog‘lanmoqda: avval Löw, keyin Terim tilga olingan edi. Endi esa navbat Bentuga keldi.
Futbol jamoatchiligi orasida bu xabar bahslarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik mutaxassisni “sbitiy lyotchik” deb baholamoqda va yana qaysi nomzodlar ko‘rib chiqilayotgani qiziqish uyg‘otmoqda.