Yangi legioner “Nasaf”da debyut qila olmadi
Sakkari Kingsli jarohat oldi va bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi
Rasm: Telegram
30 yoshli Sakkari Kingsli transfer oynasi yopilishi arafasida “Nasaf” bilan bir yillik shartnoma imzolagandi. Biroq klubga yangi qo‘shilgan futbolchi hali debyut ham qila olmasdan jarohat oldi.
Jurnalist Narzullo Saydullaev ma’lumotiga ko‘ra, Kingsli bir nechta o‘yinlarda jamoaga yordam bera olmaydi.
Shuni ham qayd etish kerakki, o‘zbek klublari ko‘p hollarda yoshi ulg‘aygan legionerlarni erkin agent sifatida jalb qiladi. Biroq ba’zan bunday futbolchilar o‘zlariga ishonilgan natijani ko‘rsata olmay, maydondan tashqarida qolib ketish holatlari kuzatiladi.
Bakradze Iman
Redaktor