Yan Oblak jarohat oldi va «Atletiko»ning «Xetafe»ga qarshi oʻyinini oʻtkazib yuboradi
Hozirda madridliklar La Liga turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak jarohat olgani sababli Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
«Simeone Yan Oblakka tayana olmaydi. Darvozabon juma kungi mashg‘ulotni yon qismidagi noqulaylik bilan yakunladi. Tibbiy xizmat tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, futbolchida mushaklar cho‘zilishi aniqlandi», — deyiladi klubning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan bayonotda.
Ispaniya chempionatining 27-turidan keyin «Atletiko» 54 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Xetafe» esa 35 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist