locale OZ

Yamal XXI asrda «Barselona» safida gol urish boʻyicha rekordni yangilashi mumkin

Ispaniyalik futbolchi «Atletik»ka qarshi bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal XXI asrda «Barselona» safida gol urish boʻyicha rekordni yangilashi mumkin
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 27-turi doirasida «Barselona» safarda Bilbaoning «Atletik» klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol muallifi 18 yoshli iqtidor egasi Lamin Yamal bo‘ldi. Ushbu gol ispaniyalik forvard uchun joriy chempionatdagi 14-gol sifatida qayd etildi.

Opta Sport ma’lumotlariga ko‘ra, Lamin Yamal bu ko‘rsatkichi bilan XXI asrda «Barselona» safida La Liga mavsumida eng ko‘p gol urgan ispaniyalik futbolchilar ro‘yxatida yuqori pog‘onalarga yaqinlashdi. Hozircha undan oldinda faqat ikki nafar futbolchi bor:

  • David Vilya (2010/2011 yilgi mavsum) — 18 ta gol;
  • Pedro Rodriges (2013/2014 yilgi mavsum) — 15 ta gol.

Lamin Yamal joriy mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlar doirasida jami 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur bahslarda u 18 ta gol urishga hamda 15 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting