locale OZ

Yamal va Xoland yana rekord o‘rnatdi: Transfermarkt tarixida ilk bor 220 million yevrolik baho

Transfermarkt 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi.
Yamal va Xoland yana rekord o‘rnatdi: Transfermarkt tarixida ilk bor 220 million yevrolik baho
Foto: Getty Images

Transfermarkt 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. Yangilanish natijasida Lamin Yamal va Erling Xoland yana futbol tarixidan joy oldi.

Har ikki futbolchining transfer qiymati 220 million yevroga yetdi. Shu tariqa ular Transfermarkt tarixida bozor qiymati 220 million yevroga baholangan ilk futbolchilarga aylandi va ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchilari hisoblanadi.

Reytingda uchinchi o‘rinni "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi. Fransiyalik futbolchining bozor qiymati 200 million yevro etib belgilandi. Kuchli beshlikdan, shuningdek, Maykl Olise (170 million yevro) va Jud Bellingem (160 million yevro) ham joy oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting