locale OZ

Yamal Turkiyada pasportini yoʻqotib qoʻydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal Turkiyada pasportini yoʻqotib qoʻydi
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Turkiyada pasportini yoʻqotib qoʻydi. Bu haqda "Beyaz Futbol" xabar berdi.

Yakshanba kuni Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya terma jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etdi, Yamal ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etilishicha, 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi kiyim almashtirish xonasida hujjatini uzoq vaqt qidirdi, ammo baribir topolmadi. Yulduz futbolchi hozirgi sharoitda vataniga qanday qaytishi hozircha nomaʼlum.

Shuningdek, hujjat jamoa avtobusida yoki aeroportdan mehmonxonaga joʻnash vaqtida yoʻqolgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting