Yamal Ronalduni ortda qoldirdi
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari soni bo‘yicha Madridning «Real» klubi sobiq forvardi Krishtianu Ronaldugan o‘zib ketdi.
Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» vingeri to‘rtinchi bor Primeraning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi, Ronaldu esa ushbu mukofotga uch marta loyiq ko‘rilgan.
Yamal 2024 yilning sentyabrida, 2025 yilning noyabr va dekabr oylarida hamda 2026 yilning aprelida La Liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. Ronaldu esa mazkur sovrinni 2013 yilning noyabrida, 2015 yilning mayida va 2017 yilning may oyida qo‘lga kiritgan edi.
Ta’kidlash joizki, La Liganing eng yaxshi futbolchisi sovrini 2013 yildan buyon topshirib kelinadi. Ronaldu «Real» safida 2009 yildan 2018 yilga qadar to‘p surgan.