Yamal nima sababdan Niki Nikol bilan ajrashgani maʼlum boʻldi
Juftlik joriy yilning avgust oyidan beri yaqin munosabatda edi.
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning «Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal oʻzining sevgilisi, mashhur argentinalik qoʻshiqchi Niki Nikol bilan ajrashdi. Bu haqda Eltrecetv nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, ajralish sababi futbolchining oilasi, xususan Yamalning otasi qizni yoqtirmagani bilan bogʻliq.
U oʻgʻliga Niki bilan uchrashishni toʻxtatishni buyurgan va unga professional faoliyatiga koʻproq eʼtibor qaratishni maslahat bergan.
Eslatib oʻtamiz, Yamal va Niki Nikol oʻrtasidagi munosabatlar joriy yilning avgust oyida boshlangan. Futbolchi oʻsha paytda ijtimoiy tarmoqlarda u bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist