Yamal: «Messi — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi»
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal «Inter Mayami» forvardi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va uni o‘zi uchun namuna deb atadi.
«Leo Messi — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Agar u tarixdagi eng yaxshi sportchi bo‘lmasa ham, shubhasiz, eng kuchlilar qatoriga kiradi. Erishgan yutuqlari uchun hamma uni hurmat qiladi va men ham uning izidan borishga umid qilaman», — dedi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Uning kelishi bilan «Inter Mayami» o‘z tarixidagi dastlabki to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi: o‘tgan mavsumda MLS kubogi, 2024 yilda muntazam chempionat g‘olibligi, 2025 yilda MLS Sharqiy konferensiyasi chempionligi va 2023 yilda Ligalar kubogi.