locale OZ

Yamal Mbappening Chempionlar Ligasidagi rekordini yangiladi

Ispaniyalik futbolchining «Barselona» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal Mbappening Chempionlar Ligasidagi rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal «Monako» va «PSJ» sobiq forvardi Kilian Mbappening 19 yoshga to‘lguniga qadar Chempionlar Ligasida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordini yangiladi.

Yamalning chorak final doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvida kiritgan to‘pi u uchun musobaqadagi 11-gol bo‘ldi.

«Ko‘k-anorranglilar» vingeri uchrashuvning 4-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, Lamin Yamal Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi 10 ta o‘yinda 6 ta gol va 4 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting