locale OZ

Yamal mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborishi mumkin — manba

«Barselona» vingeri «Selta»ga qarshi oʻyinda jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 33-turi doirasidagi «Selta»ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etdi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, ispaniyalik vinger La Liga mavsumining qolgan qismini va JCh-2026 startini o‘tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal chap oyog‘ining tizza osti payini jarohatlab olgan. Agar tibbiy tekshiruvlar paylarning uzilganini tasdiqlasa, vinger mavsum yakuniga qadar safdan chiqadi va jahon birinchiligining dastlabki o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.

Joriy mavsumda Yamal «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting