Yamal — La Liganing aprel oyida eng yaxshi futbolchisi
«Barselona» hujumchisi oʻtgan oyda 2 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylandi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal La Liganing aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Ispaniya chempionati rasmiy saytida xabar berildi.
Aprel oyida Yamal Ispaniya Primerasining uchta o‘yinida ishtirok etib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu uchrashuvlarda kataloniyaliklar Madridning «Atletiko» (2:1), «Espanyol» (4:1) hamda «Selta» (1:0) jamoalarini mag‘lub etishdi.
Joriy mavsumda Yamal «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 18 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda kataloniyaliklar 82 ochko bilan Ispaniya yuqori divizioni turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist