Yamal kasalligi sabab «Barselona» mashgʻulotlarini oʻtkazib yubordi
«Barselona»ning qanot hujumchisi Lamin Yamal «ko‘k-anorranglilar» asosiy jamoasi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda. 3 yanvar kuni Hans-Diter Flik shogirdlarini «Espanyol»ga qarshi bahs kutmoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi klub bazasiga yetib kelgan, biroq mashg‘ulotda ishtirok eta olmagan. Shu bilan birga, Yamalda jiddiy jarohat yo‘q, u faqat yengil betoblikni his qilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 200 mln yevroni tashkil etadi.
Ispaniya chempionatida «Barselona» 46 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklarning Madridning «Real» klubidan ustunligi to‘rt ochkoni tashkil etadi.