locale OZ

Yamal JCH-2026 startini o‘tkazib yuborishi mumkin

Ushbu uchrashuv 15 iyun kuniga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal JCH-2026 startini o‘tkazib yuborishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal jarohatdan tiklanish jarayoni tufayli 2026 yilgi jahon chempionati dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Yamal tizza orti paylaridagi jarohat sababli guruh bosqichining birinchi o‘yinida — Kabo-Verdega qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi. Ushbu uchrashuv 15 iyun kuniga belgilangan.

Shuningdek, 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lib o‘tadigan ikkinchi o‘yinda ham futbolchining maydonga tushishi katta so‘roq ostida qolmoqda.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting