locale OZ

Yamal Gruziya va Turkiyaga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi

Bu haqda Ispaniya Futbol federatsiyasi ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal Gruziya va Turkiyaga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi
ФОТО: Getty images

“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi JCh-26 saralashi doirasida Gruziya va Turkiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda Ispaniya Futbol federatsiyasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi son atrofidagi noqulaylikni bartaraf etish maqsadida invaziv radiochastotali muolajadan o‘tgan.

Qayd etilishicha, muolaja haqidagi hisobotda futbolchiga 7-10 kun dam olish tavsiya etilgani aytilgan. Shu sababli u Ispaniya yig‘inini o‘tkazib yuboradi.

“Biz uning sog‘lig‘i va xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Laminga tez orada to‘liq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi federatsiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCh-26 saralash bosqichi doirasida 15 noyabr kuni Gruziya bilan safarda, 19 noyabr kuni esa o‘z maydonida Turkiya bilan bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting