Yamal final oldi mashg'ulotda ishtirok etmadi
Ispaniyalik futbolchining holati borasida xavotirlar yuzaga keldi.
photo: gettyimages
Ispaniya terma jamoasida Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi o‘yin oldidan Lamin Yamalning holati borasida xavotirlar yuzaga keldi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
19 yoshli vinger jamoaning oxirgi mashg‘ulotida ishtirok etmadi va chap sonida bog‘ich bilan ko‘rinish berdi. Terma jamoa tibbiyot xodimlari futbolchining holatini diqqat bilan kuzatmoqda va keyinroq o‘yinchi finalda maydonga tusha oladimi yoki yo‘qmi, shunga qaror qiladi.
Joriy jahon birinchiligida Yamal 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi (Saudiya Arabistoni darvozasiga). Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor