locale OZ

Yamal Chempionlar Ligasi «gol+pas» tizimi boʻyicha 100 ochko toʻpladi

Ispaniyalik yulduz uchun bu koʻrsatkichga erishishga 150 ta oʻyin kerak boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal Chempionlar Ligasi «gol+pas» tizimi boʻyicha 100 ochko toʻpladi
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvida gol urib, «ko‘k-anorranglilar» safidagi 150 ta o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha 100 ochkolik ko‘rsatkichga (48 ta gol va 52 ta samarali uzatma) erishdi. Bu haqda Transfermarkt portali xabar bermoqda.

Uchrashuv Madridda, «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tmoqda va o‘yinni bosh hakam Kleman Tyurpen boshqarmoqda. Ayni daqiqalarda kataloniyaliklar 2:1 hisobida oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda «Atletiko» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Musobaqaning 1/8 final bosqichida «Barselona» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Nyukasl»ni 8:3 hisobida taslim etgan bo‘lsa, «matraschilar» xuddi shu bosqichda «Tottenhem»dan ustun kelishgan (umumiy hisob — 7:5).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting