Yamal «Barselona» bilan beshinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Messi uning yoshida ikkita sovringa ega chiqqandi
«Barselona» vingeri Lamin Yamal kataloniyaliklar safidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Ispaniya Superkubogi finalida «ko‘k-anorranglilar» Madridning «Real» klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «King Abdulla Sports City» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni bosh hakam Xose Munuera Montero boshqardi.
Lamin Yamal ushbu yutuqni 18 yosh 182 kunlik paytida qo‘lga kiritdi. Taqqoslash uchun, «Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi shu yoshga kelib kataloniyaliklar safida atigi ikki sovringa ega bo‘lgan: La Liga (2004/2005) va Ispaniya Superkubogi (2005).
Shu tariqa, «Barselona» o‘z tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsum finalida ham «blaugrana» «Real» ustidan yirik — 5:2 hisobida g‘alaba qozongandi.