Yamal «Atletiko»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi
Madridliklarga qarshi kechgan bahsda 18 yoshli futbolchi toʻliq harakat qildi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Madridning «Atletiko» jamoasidan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislarga murojaat qildi.
«Hammasi hali tugagani yo‘q. Javob uchrashuvida borimizni beramiz. Har doim birgamiz», — deb yozdi Yamal.
«Matraschilar»ga qarshi kechgan bahsda 18 yoshli hujumchi to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Lamin Yamal joriy mavsum Chempionlar ligasi doirasida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 3 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hamda «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist