Yakunlangan mavsum Navbahor mag'lubiyatsiz va quruq seriyalar bo'yicha qanday natijani amalga oshirdi?
“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.
Quyida e’tiboringizga “lochinlar”ning Superliga – 2025 da qayd etgan mag‘lubiyatsiz va “quruq” seriyalari bilan tanishtiramiz.
Yakunlangan mavsumda “Navbahor” darvozasiga 12 ta o‘yinda raqiblar to‘p kirita olishmadi.
Albatta, ushbu muvaffaqiyatda jamoamiz darvozabonlari – Shukron Yo‘ldoshev va Umidjon Ergashevlar bilan birgalikda tajribali hamda mahoratli himoyachilarning ham munosib hissalari bor.
Mavsum – 2025 da “lochinlar” jami 7 marta mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etishdi. Ushbu seriyalar 3 marta 3 ta (1-3, 9-11, 16-18-turlar), 4 marta 2 tadan o‘yinlardan (13-14,20-21,23-24, 29-30-turlar)dan iborat bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, yakunlangan mavsumda namanganliklar1 marta 2 o‘yindan (13-14-turlar) iborat “quruq” seriyani qayd etishga ham muvaffaq bo‘lishdi.
Shuningdek, yuqoridagi bahslardan tashqari, yana 3 ta bellashuvda (5,7,27-turlar) ham “lochinlar” o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bu esa yuqorida keltirganimizdek, “Navbahor” darvozabonlarining mahorati va himoyachilarimizning ishonchli hamda mustahkam himoya qo‘rg‘onini tashkil etishgani bilan bog‘liq.