Xvicha «PSJ»ning kuchli jihatlarini aytdi
Gruziyalik futbolchi jamoasining ustun tomonlarini sanadi.
ФОТО: Getty images
Xvicha Kvaratsxeliya «PSJ» jamoasining eng kuchli jihatlaridan biri haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoadagi birdamlik — asosiy ustunliklardan biri:
«Menimcha, birdamlik — bu jamoaning eng kuchli tomonlaridan biri. Biz birga o‘ynashdan zavq olamiz, juda kuchli jipslik his qilinadi. Agar bir-birimiz uchun kurashsak va o‘z o‘yinimizni namoyish etsak, istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz», - dedi Xvicha.
Ma'lumot uchun, “PSJ” o‘tgan mavsum Liga 1da 34 o‘yinda 76 ochko to‘plab, Frantsiya chempioniga aylandi.
Endi ular 30 may kuni “Arsenal”ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi.