Xvicha Kvaratsxeliya Gruziya milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi
«PSJ» hujumchisi sardorlik bogʻichida ilk bor 26 mart kuni maydonga tushadi.
FOTO: Getty Images
«PSJ» hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya Gruziya milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Bu haqda Gruziya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbolchi sardorlik bog‘ichida ilk bor 2026 yilning dastlabki o‘yinida — Isroil terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv payshanba kuni, 26 martda bo‘lib o‘tadi.
Gruziya jamoasi mazkur xalqaro tanaffus davomida jami ikkita o‘yin o‘tkazadi. Isroildan tashqari, jamoaga Litva terma jamoasi raqiblik qiladi. Ikkinchi bahs yakshanba kuni, 29 martga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Xvicha Kvaratsxeliya hozirga qadar milliy terma jamoa safida 47 ta o‘yin o‘tkazgan. 25 yoshli vinger hisobida 20 ta gol va 10 ta golli uzatma mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist