Xvicha Kvarasxeliya «Arsenal»ga o‘tmoqchi emas — manba
«PSJ» qanot hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya yozgi transferlar oynasida Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Gruziya terma jamoasi a’zosini munosib nomzod sifatida ko‘rayotgan edi. Biroq na «PSJ» rahbariyati, na Kvaratsxeliyaning o‘zi «to‘pchilar»ning taklifini qabul qilish niyatida emas.
Eslatib o‘tamiz, Kvaratsxeliya Parij klubi safiga 2025 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, gruziyalik iqtidor egasining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.