Xurshid Muxtorov legionerga aylandi
Photo: Getty Images
O‘zbekistonlik himoyachi Xurshid Muxtorov faoliyatini Indoneziya chempionatida davom ettiradi.
31 yoshli futbolchi "Persik Kediri" klubi bilan kelishuvga erishdi.
Tajribali futbolchi kuni kecha yangi jamoasiga qo‘shilish maqsadida Indoneziyaga uchib ketdi.
Muxtorov birinchi davrani Qozog‘istonning "Turon" klubida o‘tkazib, Premyer-liga doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Futbolchi faoliyati davomida "Qo‘qon-1912", "So‘g‘diyona", "Lokomotiv", OKMK, "Nasaf", "Navbahor", "Turon" va "Neftchi" jamoalarida to‘p surgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor