locale OZ

Xurshid Muxtorov Indoneziya klubini tark etadi

Xurshid "Persik" safida Indoneziya Superligasi doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xurshid Muxtorov Indoneziya klubini tark etadi
ФОТО: Getty images

O‘zbekistonlik himoyachi Xurshid Muxtorov Indoneziyaning "Persik Kediri" klubini tark etadi.

Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, futbolchi klub bilan shartnomani muddatidan oldin yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Futbolchining o‘zi bilan bog‘langanimizda, u oilaviy sabablarga ko‘ra jamoani tark etishga qaror qilganini bildirdi. Natijada klub rahbariyati Muxtorovning qarorini qo‘llab-quvvatlagan va unga qarshilik qilmagan.

Xurshid "Persik" safida Indoneziya Superligasi doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting