locale OZ

Xulian Kinones JCh-2026ning ilk goliga mualliflik qildi

Turnirning ilk oʻyinida Meksika va JAR oʻzaro bahs olib bormoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Xulian Kinones JCh-2026ning ilk goliga mualliflik qildi
FOTO: Getty Images

Meksika terma jamoasi hujumchisi Xulian Kinones JARga qarshi kechayotgan JCh-2026ning ochilish uchrashuvida toʻqqizinchi daqiqada raqib darvozasini ishgʻol etdi va musobaqadagi ilk gol muallifiga aylandi. Uchrashuv Mexikodagi «Atsteka» stadionida boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda oʻyindagi hisob — 1:0, Meksika oldinda. Bahsni bosh hakam sifatida braziliyalik Vilton Sampayo boshqarib bormoqda.

Meksika va JAR terma jamoalari oʻrtasidagi bahs «A» guruhidan oʻrin olgan. 2-turda meksikaliklar 19 iyun kuni Janubiy Koreya bilan toʻqnash kelsa, 3-turda (25 iyun) Chexiyaga qarish maydonga tushadi. JAR esa 2-turda Chexiya bilan (18 iyun), 3-turda esa Janubiy Koreya bilan (25 iyun) kuch sinashadi.

Futbol boʻyicha 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, amaldagi dunyo chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi sayyora birinchiligi finalida argentinaliklar Fransiya bilan toʻqnash kelishgan va asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida Argentina vakillarining qoʻli baland kelgan edi (4:2).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting