Xulian Alvares o'ziga yangi jamoa tanladi - Bu \"Barselona\" emas
“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares kelajagi borasida yangi qarorga kelgan. Yozgi transfer oynasida uning asosiy istagi “Barselona”ga o‘tish bo‘lgan bo‘lsa, endi argentinalik futbolchi faoliyatini “Arsenal”da davom ettirish variantini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Bu haqda jurnalist Giyem Balage ma’lumotiga tayanib, The Touchline xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Alvares yanvar oyidayoq Londonga ko‘chib o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Futbolchi “Atletiko”dagi uzoq muddatli kelajagini ko‘rmayapti va avval “Barselona” ustuvor variant bo‘lgan bo‘lsa, hozir uning tanlovi “Arsenal” tomonga o‘zgargan.
Yozda “Atletiko” Alvaresni “Barselona”ga qo‘yib yubormagan edi. Shu bilan birga, “Arsenal” futbolchi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor bo‘lgan va London klubi transferni amalga oshirish uchun Viktor Dyokeresh yoki Noni Maduekeni kelishuvga qo‘shishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Xulian Alvaresning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Yozgi transfer oynasida “Arsenal” uning uchun 100 million funtdan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyor bo‘lgani xabar qilingan.