locale OZ

Xulian Alvares: «Klubdagi kerakli odamlar bilan bu masala yuzasidan allaqachon samimiy suhbatlashdim»

Xulian Alvares 2026 yilgi Jahon chempionati doirasidagi Avstriyaga (2:0) qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida «Atletiko»ni tark etish istagini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares: «Klubdagi kerakli odamlar bilan bu masala yuzasidan allaqachon samimiy suhbatlashdim»
photo: gettyimages

Xulian Alvares 2026 yilgi Jahon chempionati doirasidagi Avstriyaga (2:0) qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida «Atletiko»ni tark etish istagini bildirdi.

— Chempionatdan keyin kelajagingizga oydinlik kiritiladimi?

— Rostini aytsam, bilmayman. Hozir bu haqda gapirish vaqti emas. Lekin men bu mavzudan qochmoqchi ham emasman, javob berishdan ham bosh tortmayman.

Har doim ochiq va to‘g‘riso‘z inson bo‘lishga harakat qilaman. Klubdagi kerakli odamlar bilan bu masala yuzasidan allaqachon samimiy suhbatlashdim.

— Demak, ketishim mumkin, deb o‘ylaysizmi?

— Nima bo‘lishini bilmayman. Ammo, menimcha, transfer hamma uchun eng yaxshi yechim bo‘ladi. O‘z orzumni ro‘yobga chiqarmoqchiman, — deydi argentinalik forvard.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting