locale OZ

Xulian Alvares ketma-ket ikkinchi kun “Atletiko” mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Alvares bir kun avval ham o‘zini yaxshi his qilmayotgani va uyqu bilan bog‘liq muammolar sabab mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares ketma-ket ikkinchi kun “Atletiko” mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi
Foto: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares ketma-ket ikkinchi kun jamoa mashg‘ulotida qatnashmadi. Argentinalik futbolchi bu safar ham kasalligi sabab mashg‘ulotga kelmagan.

Alvares bir kun avval ham o‘zini yaxshi his qilmayotgani va uyqu bilan bog‘liq muammolar sabab mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan edi. Hozircha uning qachon umumiy guruhga qaytishi ma’lum qilinmagan.

Ayni paytda hujumchining kelajagi ham muhokama qilinmoqda. “Atletiko” Alvaresni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu fonda futbolchi faoliyatini “Arsenal”da davom ettirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotgani xabar qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, “Atletiko” 29-avgust kuni La Liganing 3-turida safarda “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Alvaresning ushbu uchrashuvda ishtirok etishi hozircha noma’lum.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting