locale OZ

Xulian Alvares faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin

«Atletiko» argentinalik futbolchi uchun 120 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni xarid qilish variantini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sport Switzerland jurnalisti Sasha xabar bermoqda .

Manbaga koʻra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 25 yoshli argentinalik forvardni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Klub bir necha haftadan beri Alvaresning transfer istiqbollarini tahlil qilmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ham Enrike qo‘l ostida ishlashga qiziqish bildirgan.

Xulian Alvaresga «Barselona» hamda Angliya Premer-ligasining bir nechta jamoalari tomonidan qiziqish mavjud. Biroq taʼkidlanishicha, futbolchi Angliyaga qaytish variantini ko‘rib chiqmayapti. U klub­lar o‘zaro kelishuvga erishsa, «PSJ»ga o‘tishga tayyor.

«Atletiko» o‘z hujumchisi transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Madrid klubi forvard uchun 120 million yevro miqdorida tovon puli belgilagan. Joriy mavsumda Alvares La Liga doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting