locale OZ

Xulian Alvares Chempionlar ligasida Lionel Messining rekordini yangiladi

«Atletiko» hujumchisi yangi yutuqqa erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares Chempionlar ligasida Lionel Messining rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi tarixida rekord oʻrnatdi. Turnirning rasmiy X (sobiq Twitter) sahifasida maʼlum qilinishicha, argentinalik futbolchi musobaqadagi ilk 30 oʻyinda 17 ta gol urib, yangi natijaga erishdi.

Avval bu koʻrsatkich boʻyicha rekord Lionel Messiga tegishli edi — u «Barselona» va «PSJ» safida 30 uchrashuvda 16 ta gol kiritgan. Uchinchi oʻrinda esa Serxio Aguero joy olgan — u «Atletiko» va «Manchester Siti» uchun oʻynagan davrida 14 ta gol urgan.

Shuningdek, Ernan Krespo («Latsio», «Inter», «Milan», «Chelsi») va Lisandro Lopes («Portu», «Lion») har biri 13 tadan gol bilan reytingda keyingi oʻrinlarni egallab turibdi.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, 24 yoshli Alvaresning bozor qiymati hozirda 100 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting