locale OZ

Xulian Alvares “Atletiko” mashg‘ulotlariga qaytdi

Shuningdek, argentinalik futbolchining “Barselona”ga o‘tishni istayotgani aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares “Atletiko” mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi Xulian Alvaresning jamoa mashg‘ulotlariga qaytganini rasman ma’lum qildi. 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan argentinalik hujumchi ta’tildan so‘ng klub qarorgohiga yetib kelgan. U bilan birga Markos Lorente, Aleks Baena va Xuan Musso ham jamoaga qaytgan.

10-avgust kuni futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Endilikda ular jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar nazorati ostida maxsus dastur asosida shug‘ullanadi. Keyinchalik futbolchilar “Atletiko”ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Alvaresning Madridga qaytishi uning kelajagi haqidagi transfer mish-mishlari fonida alohida e’tibor tortmoqda. Avvalroq hujumchi avval bosh murabbiy Diego Simeone, keyin esa klub rahbariyati bilan uchrashib, “Atletiko”ni tark etish istagini shaxsan bildirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, argentinalik futbolchining “Barselona”ga o‘tishni istayotgani aytilmoqda. Biroq hozircha Alvaresning transferi bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas. Ayni paytda futbolchi “Atletiko”ga qaytgan va yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini Madrid klubi bilan boshlaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting