locale OZ

Xulian Alvares “Atletiko” mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Futbolchining holati klub tomonidan nazorat qilinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares “Atletiko” mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi
Foto: Getty Images

“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares jamoaning navbatdagi mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda jurnalist Ruben Uriya ma’lum qildi. Madrid klubi vakillari ham argentinalik futbolchining mashg‘ulotda bo‘lmaganini tasdiqlagan.

Manbaga ko‘ra, Alvares kechasi yaxshi uxlamagan va o‘zini yomon his qilgani sababli mashg‘ulotga kelmagan. Futbolchining holati klub tomonidan nazorat qilinmoqda.

Argentinalik hujumchi yaqinda “Atletiko” muxlislarining tanqidiga ham uchradi. La Liga 1-turida “Vilyarreal”ga qarshi 2:2 hisobidagi uchrashuvda madridlik muxlislar Alvaresni hushtakbozlik bilan kutib olishdi.

Ma’lumot uchun, Alvaresning yozgi transfer oynasi davomida “Atletiko”ni tark etib, “Barselona”ga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq Madrid klubi futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting