locale OZ

Xulian Alvares Argentina terma jamoasining JCH-2026 dagi maqsadini aytdi

Futbolchi FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulian Alvares Argentina terma jamoasining JCH-2026 dagi maqsadini aytdi
ФОТО: Getty images

Madridning «Atletiko» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares milliy jamoaning 2026-yilgi jahon chempionatidagi maqsadi haqida fikr bildirdi.

«Argentinalik sifatida men doim hayajonlanaman va har doim chempion boʻlishni xohlayman. Bu safar ham aynan shunday boʻlishi kerak. Biz finalga chiqishni istaymiz. Buning oson boʻlmasligini bilamiz; bu bizdan katta kuch talab qiladi va natija eng kichik tafsilotlarga bogʻliq boʻlishi mumkin, ammo biz imkon qadar yaxshi tayyorgarlik koʻramiz va qadamma-qadam olgʻa boramiz.

Bu jahon chempionatiga amaldagi jahon chempioni sifatida borish — shunchaki aqlbovar qilmas. Men juda katta faxr hissini tuyaman. Albatta, biz sovrinni saqlab qolishni va yana muxlislarimizni xursandchilikdan sakrashga majbur qilishni xohlaymiz», — deya Alvaresning soʻzlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting