locale OZ

Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
Photo: Getty Images

"Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Qatar futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassis Qatar bilan 2 yillik shartnoma tuzgan. U jamoani Jahon chempionatiga olib chiqishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qatar terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining A guruhida 10 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda. Qatar o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab, saralashning keyingi bosqichiga yo‘llanma olishi mumkin.


Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting