locale OZ

Xulen Lopetegi: \"Bor e'tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan\"

Qatar bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xulen Lopetegi: "Bor e'tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan"
Photo: ЎФА

JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi oldidan matbuot anjumani birinchi qismida Qatar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va futbolchi Abdulaziz Hatim ishtirok etdi.

Xulen Lopetegi:

«Avvalo, O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan chin dildan tabriklayman. Bu juda katta yutuq va jamoa bunga to‘liq munosib edi. Biz guruhdagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi maydonga tushamiz. Mundialga yo‘l ochilishi uchun kichik imkoniyatimiz saqlanib qolgan, shuning uchun ertangi o‘yinda boshqa futbolchilarimizni ham sinab ko‘rish imkoniyati bo‘ladi.

O‘zbekistonlik futbolchilar Yevropaning yetakchi ligalarida faoliyat yuritmoqda. Ertangi o‘yinni juda jiddiy qabul qilishimiz kerak, chunki bu bahs oktyabr oyida boshlanadigan pley-off bosqichiga dastlabki tayyorgarlik uchun xizmat qiladi. Imkoniyatimizdan maksimal darajada foydalanib, g‘alaba uchun kurashamiz. O‘tgan uchrashuvlar haqida gapirmoqchi emasman, bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.

Abdulaziz Hatim:

«Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib boramiz. Ikkala jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo murosasiz kechgan. Pley-off bosqichiga yo‘l oldik, shuning uchun ertangi o‘yin kelasi bosqich uchun dastlabki tayyorgarlik o‘yini bo‘ladi. Bu biz uchun juda muhim o‘yin, chunki raqibimiz Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Ularning futbolchilari jismonan ham, ruhiy jihatdan ham kuchli, biroq biz g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz».

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting